Habibga tegishli liga faoliyatini davom ettiradi

Sport

image

Eagle FC aralash yakkakurashlar ligasining soliq tashkilotlaridan qarzdorligi yo‘q va liga yana turnirlar o‘tkazadi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, rossiyalik sobiq UFC jangchisi Habib Nurmuhammedovga tegishli liga faoliyatini to‘xtatmaydi va yangi musobaqalar o‘tkazishda davom etadi. 

Qayd etish joiz, 35 yoshli Nurmuhammedov 2020 yilda GFC promo-aksiyasini sotib olgan va GFC nomini Eagle FC'ga o‘zgartirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmuhammedov Federal soliq xizmatidan 306 million rubl qarzdorligi va unga tegishli kompaniya hamda tashkilotlarning hisoblari bloklanayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing