Siz millionlab bolalarni ilhomlantirgan edingiz – Habib Saytiyevning o‘limi haqida
Sport
−
03 mart 4612 1 daqiqa
Avvalroq, erkin kurash bo‘yicha uch karra Olimpiada chempioni Buvaysar Saytiyev vafot etgani xabar qilingandi.
Buvaysar Saytiyev butun dunyo bo‘ylab millionlab bolalar uchun ilhom manbai bo‘ldi. Bu haqda Ultimate Fighting Championship'ning (UFC) sobiq chempioni Habib Nurmuhammedov Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“Siz butun dunyo bo‘ylab millionlab bolalarni ilhomlantirdingiz, biz sizni sog‘inamiz. Oilangiz va yaqinlaringizga samimiy hamdardlik va sabr-toqat bildiraman”, deydi Nurmuhammedov.
Saytiyev 74 kg vazn toifasida 1996, 2004 va 2008 yillardagi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi. Saitiyev olti marta jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan. 1995 yilda u Rossiyada xizmat ko‘rsatgan sport ustasi unvoni bilan taqdirlangan, shuningdek, 4-darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun”, “Shon-sharaf” va “Do‘stlik” ordenlariga sazovor bo‘lgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr