Habib soliqdan qarzini to‘ladi
Sport
−
15 avgust
3760Rossiyalik afsonaviy UFC jangchisi Habib Nurmuhammedov Federal soliq xizmati oldidagi qarz majburiyatlarini yopdi. Bu haqda “SHOT” Telegram sahifasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Habib Federal soliq xizmatiga 302 million rubl miqdorida qarzni to‘lagan. Yaqinda huquq-tartibot idoralari xodimlari Nurmuhammedovning mol-mulkini hibsga olishni va uning hisoblarini bloklashni boshlagandi.
Habib Nurmuhammedov aralash yakkakurashlarda 29 ta jang o‘tkazib, 29 tasida g‘alaba qozongan. U 2020 yilning oktyabr oyida yengil vazn toifasida UFC chempioni sifatida sportni tark etdi.