Sarukyan Topuriyadan ko‘ra jiddiyroq raqib – Habib Nurmuhammedov

Sport

image

Yengil vazn toifasi sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhammedov amaldagi toifa chempioni Islom Maxachevning navbatdagi raqibi kim bo‘lishi kerakligi haqida gapirdi. Bu haqda “Sports.ru” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Nurmuhammedovning fikricha, ayni vaqtda Maxachevga raqib bo‘lishi mumkin bo‘lgan yagona jangchi Arman Sarukyan. Iliya Topuriya esa bu vaznda hali jang qilmagani uchun, chempionlik jangiga loyiq emas.

“Arman Iliyadan ko‘ra jiddiyroq jangchi. Topuriya hali yengil vazn toifasida birorta jang o‘tkazmagan. Shu sabab Islomning keyingi raqibi Sarukyan bo‘lishi kerak”, deydi Nurmuhammedov.

Ma’lumot o‘rnida, Islom Maxachev va Arman Sarukyan joriy yilning 18 yanvarida to‘qnash kelishi kerak edi, ammo jangga bir necha kun qolganida armanistonlik jangchi jarohat olib, turnirni tark etgandi. O‘shanda Maxachev Armanning o‘rnini egallagan braziliyalik Renato Moykanoga qarshi oktagonga ko‘tarilib, 1-raunddayoq bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Islom Maxachev Habib Nurmuhammedov Arman Tsarukyan Iliya Topuriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing