Habib AQSHga uchish arafasida samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Sport
−
13 yanvar
15212Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhammedov UFC 311 turniri uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga uchish arafasida samolyotdan tushirib yuborildi. Bu haqda “American Airlines” aviakompaniyasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Habib samolyotda favqulodda chiqish joyi yonida o‘tirgan. Styuardessa qonun-qoidaga muvofiq undan favqulodda vaziyatda yo‘lovchilarga yordam bera olish-olmasligini so‘ragan. Ammo sportchi uning gapini tushunmagan va qisqa tortishuv yuzaga kelgan. Keyin styuardessa Habibdan boshqa joyga o‘tirishni talab qilgan. Bu holat esa sobiq chempionning noroziligiga sabab bo‘lgan.
“Favqulodda chiqish joyida o‘tirishingiz taqiqlangan, yo‘qsa samolyotni tark etishingizga to‘g‘ri keladi“, degan styuardessa.
Tabiiyki, Habib bu holatda norozilik bildirgan.
“Bu adolatsizlik. Mendan ro‘yxatdan o‘tayotganimda ingliz tilini bilasizmi, deb so‘raganida, men ha, deb javob berdim. Endi nega bunday qilyapsizlar”, dedi Habib.
Shundan keyin Nurmuhammedov ekipaj bilan bahslashib, jamoadoshlari bilan samolyotni tark etgan.
Keyinroq dog‘istonlik sportchi vaziyat bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.
“Menga savollar bilan murojaat qilgan ayol boshidanoq qo‘pol muomala qildi. Mening ingliz tilida yaxshi gapira olishimga qaramay, u meni joyimdan turib ketishim kerakligini aytdi. U bu ishni qilishga asos nima? Irqiy, milliy yoki boshqa sababdanmi, bilmayman. Qisqa suhbatdan keyin u qo‘riqchilarni chaqirdi va meni samolyotdan haydashdi. O‘sha vaziyatda o‘zimni xotirjam bo‘lishga va provokatsiyaga uchmaslikka chorladim. Menimcha, ular samimiyroq munosabatda bo‘lganida, bunday muammo bo‘lmasdi”, deydi Habib.
Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhammedov UFC 311 turnirida shogirdlari Islom Maxachev va Umar Nurmuhammedovga sekundatlik qilish uchun Los-Anjelesga uchib ketayotgan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 19 yanvarga o‘tar kechasi AQSHning Los-Anjeles shtatida 2025 yilning ilk turniri UFC 311 bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnirda yengil vazn toifasi chempionligi uchun Islom Maxachev va Arman Sarukyan hamda eng yengil vazn toifasi chempionligi uchun Merab Dvalishvili va Umar Nurmuhammedov oktagonga ko‘tariladi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar