AQSHda vertolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 3 yanvar kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Arizona shtatidagi tog‘larda xususiy vertolyot qulab tushdi. Oqibatda bortdagi 4 kishi halok bo‘ldi. Qutqaruvchilar halokat joyiga yetib borishga harakat qilmoqda. Bu haqda shtatning Pinal okrugi sherif ofisi xabar berdi.

“Soat 11:00 atrofida Pinal okrugi sherif ofisiga Superior shahri janubidagi Telegraf-Kanon yaqinidagi tog‘larda vertolyot halokatga uchragani haqida xabar kelib tushdi. Sherif ofisi xodimlari voqea joyiga yetib borib, halokatga uchragan xususiy vertolyotni vizual ravishda aniqladi”, deyiladi xabarda.

Milliy transport xavfsizligi kengashi va AQSH Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi (FAA) tergovni o‘z zimmasiga olgan. FAA xavfsizlik sababli voqea joyi ustidagi parvozlarni vaqtincha cheklagan. ABC telekanali ma’lumotiga ko‘ra, vertolyotda to‘rt kishi bo‘lgan va ularning hech biri tirik qolmagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilda aviahalokatlar oqibatida 418 kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Monitoringda kamida 14 kishini sig‘dira oladigan samolyotlar hisobga olingan. Ushbu statistikaga ko‘ra, 2025 yilda aviatsiya hodisalarida 352 nafar yo‘lovchi, 33 nafar ekipaj a’zosi va 33 nafar boshqa shaxs halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

vertolyot Arizona Amerika Qo'shma Shtatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing