XXI asrning eng yaxshi MMA jangchilari e’lon qilindi
Sport
−
23 iyul
4819Amerikalik jangchi Jon Jons XXI asrning aralash yakkakurashlari bo‘yicha eng yaxshi 10 nafar jangchilar reytingida 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Bu borada kuchli uchlikka kanadalik Jorj Sent-Per va braziliyalik Anderson Silva kiritilgan. Rossiyalik jangchilar Habib Nurmuhammedov va Fyodor Yemelyanenko 5 va 6-o‘rinlarda qayd etilgan.
XXI asrning eng yaxshi 10 nafar MMA jangchisi:
1. Jon Jons (27-1-0-1);
2. Jorj Sent-Per (26-2);
3. Anderson Silva (34-11-0-1);
4. Demetrius Jonson (33-4-1);
5. Habib Nurmuhammedov (29-0);
6. Fyodor Yemelyanenko (40-7-0-1);
7. Rendi Kutyur (19-11);
8. Chak Liddell (21-9);
9. BJ Penn (16-14-2);
10. Kamaru Usmon (20-4).
Qayd etish joiz, o‘tgan yilning oktyabr oyi oxirida Jon Jons mashg‘ulotlardagi sparring paytida jiddiy jarohat olgandi. Uning tiklanishi sakkiz oygacha davom etishi mumkin. Mashhur sportchi professional darajada 29 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, bahslarining 27 tasida g‘alaba qozongan, 10 tasida raqiblarini nokautga uchratgan va bir marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. O‘tgan yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangda Jon fransiyalik Siril Ganni mag‘lub etdi.