Uch karra Olimpiada chempioni Buvaysar Saytiyev vafot etdi
Sport
−
03 mart 14642 1 daqiqa
Erkin kurash bo‘yicha uch karra Olimpiada chempioni Buvaysar Saytiyev 49 yoshida vafot etdi. TASS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Saytiyev 2 mart kuni Moskva kasalxonasiga yotqizilgan va yurak xurujidan vafot etgan.
Saytiyevning o‘limi haqida ma’lum qilgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov yaqinda uning yuragi bilan bog‘liq muammolari borligini aytdi.
Saytiyev uchta Olimpiya o‘yinlarida erkin kurash bo‘yicha 74 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. U olti marta jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan.
Qayd etish joiz, Saytiyev O‘zbekiston delegatsiyasi safida Parij-2024 Olimpiadasida g‘olib bo‘lgan Razambek Jamalovning ham murabbiyi hisoblanadi.
Live
Barchasi