Habib Dog‘istondagi portlashda halok bo‘lganlarning oilasiga hamdardlik bildirdi

Olam

image

Sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhammedov Dog‘iston poytaxti Maxachqal’adagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda sportchi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Biz Allohnikimiz va unga qaytamiz. Barcha halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Maxachqal’ada juda ko‘p o‘lgan va yaralanganlar bor”, deydi Nurmuhammedov.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 avgust kuni Dog‘iston poytaxti Maxachqal’adagi avtoservis binosida kuchli portlash sodir bo‘lgandi. Dastlab avtoservis binosi yonib ketgan, keyin olov yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tgan va kuchli portlash yuz bergan. Portlashdan deyarli 4 soat o‘tib yong‘in o‘chirilgan.

OAV portlash oqibatida 25 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi, biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda vaziyat qurbonlari soni 35 nafarga yetgan, ulardan uch nafari bolalardir. Bundan tashqari, 80 ga yaqin kishi jarohatlangan. Buning ortidan Dog‘istonda bir kunlik motam e’lon qilindi.

Shuningdek, sodir bo‘lgan portlash munosabati bilan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga hamdardlik telegrammasini yo‘lladi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash hamdardlik Dog'iston Habib

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing