Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda (video)
O‘zbekiston
−
12:57 886 3 daqiqa
Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga bordi. Taşrif davomida delegatsiya a’zolari Alişer Navoiy yodgorligi quriliş jarayonini közdan keçirdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Delegatsiya tarkibidan Özbekiston Prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev, tegişli idoralar mas’ullari va tadbirkorlar ham örin olgan. Özbekiston vakillarini Xayraton çegara postida Balx viloyati hokimi örinbosari Nurul Hoda Abu Idris boşçiligidagi rasmiylar kutib olgan.
Mozori Şarifdagi taşrifning dastlabki manzili şahar markazida joylaşgan “Ğoziylar qal’asi” köçasi bölgan. U yerda Alişer Navoiy xotirasiga bağişlangan yodgorlik qad rostlamoqda.
Qayd etilişiça, yodgorlik loyihasi özbekistonlik muhandislar tomonidan işlab çiqilgan. Hozirda uning quriliş işlari yakuniy bosqiçda davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati Mozori Şarif şahrida Temuriylar davrida yaşagan buyuk şoir va mutafakkir Alişer Navoiy haykalini butunlay buzib taşlagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Şundan söng, Özbekiston Taşqi işlar vazirligi mazkur masala yuzasidan rasmiy izoh oliş maqsadida “Tolibon” muvaqqat hukumati vakillari bilan boğlangan. Buning ortidan Marşal Abdulraşid Döstum va qizi Rohila Döstum “Tolibon”ga tahdid qilib, “Tolibon” ertami-keçmi öz qilmişlari uçun puşaymon bölişini ta’kidlagan.
Afğoniston tomoni öşa paytda Alişer Navoiy haykali örnatilgan joy alloma xotirasiga munosib emasligi, şoir va mutafakkir şarafiga yanada körkam majmua qurilişi lozimligi sababli haykal mahalliy hokimiyat tomonidan olib taşlangani, yaqin orada yangi yodgorlik barpo etilişi haqida va’da bergan edi. Ammo hanuz bu va’da amalga oşirilmadi.
Şuningdek, 2023 yilning fevral oyida ham Mozori Şarifdagi Alişer Navoiyning öşa haykali qisman buzib taşlangan edi. Şunda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov bu holatni “vandalizm” deb atagan va Afğoniston vakillariga tayanib, haykalni begona şaxslar vayron qilganini bildirgan.
Joriy yilning 2 yanvar kuniga kelib, özbeklar eng köp yaşovçi Samanganda universitet peştoqidan özbek va fors tillaridagi yozuv olib taşlandi. Buning ortidan Özbekiston Taşqi işlar vazirligi özbek tiliga nisbatan çeklovlar vazirlikda taşviş uyğotişini bildirdi. 6 yanvar kuni Taşqi işlar vazirligining mas’ul vakillari tezkor ravişda Afğoniston tomoni bilan boğlanganda, “Tolibon” özbek tiliga taqiq qöymaslikka va’da berdi. Tanqidlar ortidan, joriy yilning 11 yanvar kuni “Tolibon” Samanganda universitet peştoqiga özbek tilini qayta kiritdi.
Live
Barchasi