“Zomin qozon patiri” patentlandi

Jamiyat

image

“Zomin qozon patiri” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, “Zomin qozon patiri” O‘zbekiston davlat reyestrida 20-geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning nomi, sifati va kelib chiqish manbai qonuniy himoyaga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, geografik ko‘rsatkich – bu mahsulotning ma’lum hududga xosligi va uning sifati, mashhurligi yoki boshqa belgilari o‘sha hududning tabiiy, insoniy va tarixiy omillariga chambarchas bog‘liq bo‘lganini ifodalovchi intellektual mulk ob’ekti hisoblanadi.

“Zomin qozon patiri” – Jizzax viloyatining Zomin tumanida qadimdan tayyorlanadigan non mahsuloti bo‘lib, alohida qorilgan xamir, mahalliy sut va sariyog‘ bilan qozonda pishiriladi. U o‘zining noyob ta’mi va sifat xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 24 avgust kuni “G‘ijduvon shashlik”, 2024 yil 8 yanvar kuni esa “G‘uzor tandir go‘shti”, joriy yil 4 fevral kuni dunyoga mashhur “Samarqand noni” va iyun oyida “Xorazm tuxumbaragi”, “Andijon do‘ppisi”“So‘qoq somsasi”, “Samarqand no‘xat sho‘ragi” hamda “Samarqand qog‘ozi” geografik ko‘rsatkich sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

geografik ko'rsatkich Zomin qozon patiri patentlandi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing