Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

O‘zbekistonda pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekistonda to‘lov tizimlaridagi pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan ishlab chiqilgan “To‘lov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarorda so‘z boradi.

Qarorga ko‘ra, to‘lov tashkilotlari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni ko‘rishlari kerak:

  • jismoniy shaxs to‘lov tashkiloti mobil ilovasi orqali akkaunt ochish uchun murojaat qilganda;

  • tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchi sub’ektlar elektron terminaldan (E-POS) foydalanish uchun murojaat qilganda;

  • BHMning 500 baravariga teng (187,5 million so‘m) yoki undan oshgan summada to‘lov tashkiloti mobil ilovasida akkaunt ochmasdan yoki mobil ilovasidagi akkauntdan foydalanmasdan operatsiyalarni amalga oshirishda;

  • mijoz to‘g‘risida avval olingan ma’lumotlar to‘g‘riligiga yoki yetarli ekanligiga nisbatan gumonlar mavjud bo‘lganda.

Elektron pul tizimlari orqali BHMning 30 baravari (11,25 million so‘m) yoki undan yuqori summadagi ichki elektron pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xizmat ko‘rsatuvchi tomon hisobvaraq raqami yoki operatsiyaning xos raqamini, shuningdek, oluvchi haqidagi ma’lumotni, shu jumladan, hisobvaraq raqami yoki operatsiya identifikatorini ilova qilishi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, jo‘natuvchi haqidagi quyidagi ma’lumotlar ilova qilinishi shart:

  • jismoniy shaxslar uchun – pasport yoki ID-karta, seriyasi va raqami, tug‘ilgan sanasi va joyi;

  • yuridik shaxslar uchun – nomi, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR).

BHMning 30 baravarigacha bo‘lgan pul o‘tkazmalari esa faqat jo‘natuvchi va oluvchi haqidagi ma’lumotlar bilan birga yuborilishi mumkin.

To‘lov tizimlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlari axborot tizimlaridagi aniqlik darajasini har bir xizmat yoki operatsiya toifasining tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda belgilashi kerak. Aniqlik darajasi operatsiya ishtirokchilari identifikatsiya ma’lumotlarining har bir elementi bo‘yicha alohida belgilanishi talab etiladi.

Mazkur qaror joriy yil 2 iyuldan kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

pul o'tkazmalari to'lov tizimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing