Qirg‘izistonda onlayn pul o‘tkazmalarida komissiya undirish taqiqlanadi
Olam
−
25 Oktabr 2024
2134Qirg‘izistonda banklarga somda amalga oshiriladigan onlayn o‘tkazmalar uchun fuqarolardan komissiya undirish taqiqlanadi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy banki joriy yilning 23 oktyabr kuni tegishli qarorni qabul qildi.
Qarorga ko‘ra, bu chora-tadbirlar aholining barcha qatlamlari uchun bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash va bank sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonini tezlashtirishga yordam berishi kutilmoqda. Qaror 2024 yil 25 noyabrdan kuchga kiradi va 2025 yil 31 dekabrga qadar amal qiladi.
Qayd etilishicha, cheklov mobil ilovalar va internet-banking orqali amalga oshiriladigan operatsiyalarga taalluqlidir. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Milliy bank boshqaruvi a’zosiga yuklangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari miqdori kamaygani haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovga ko‘ra, transchegaraviy pul o‘tkazmalari Markaziy bank prognozlari doirasida yilning birinchi choragiga qaraganda 8,6 foizga oshib, 2,5 mlrd dollar doirasida shakllangan. An’anaviy pul o‘tkazmalari kelib tushadigan davlatlar ulushi kamayishda davom etib, uzoq mamlakatlardan, an’anaviy bo‘lmagan davlatlardan keladigan pul o‘tkazmalarining ulushida o‘sish kuzatilgan.
LiveBarchasi