MDH davlatlarida sanksiyalar ostidagi to‘lov tizimidan birin-ketin voz kechilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonning bir qator banklari Xalq banki, “Turonbank” va “Ipoteka bank” sanksiyalar ostidagi “Yunistrim” xalqaro to‘lov tizimi bilan ishlashni to‘xtatdi. Bu haqda mamlakat Markaziy banki ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror “Yunistrim” to‘lov tizimi AQSH tomonidan joriy yilning 20 iyul kuni e’lon qilingan sanksiyalar ostida qolganidan so‘ng qabul qilingan. Sanksiyalardan avval esa “Kapitalbank” va ” Ipak Yo‘li bank”i ushbu to‘lov tizimidan voz kechgandi. O‘zbekiston Markaziy banki “Yunistrim” bilan ishlash texnik sabablar tufayli to‘xtatilganini ma’lum qilgan.

Xuddi shunday, Qozog‘iston, Armaniston va Gruziyada ham “Yunistrim”dan foydalanish cheklay boshlandi. Shuningdek, Tojikistonning “Amonatbank”i ham “Yunistrim” orqali o‘tkazmalarni chekladi.

Ma’lumot uchun, “Yunistrim” Rossiyaning xalqaro pul o‘tkazmalari markazi va banki hisoblanadi. 2006 yilda o‘z litsenziyasiga ega kompaniya hozirda dunyoning 100 dan ortiq davlatida, jumladan, MDH mamlakatlaridagi 335 mingta nuqtada faoliyat yuritadi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH banklar to'lov tizimi sanktsiyalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing