Eron sanksiyalarni çetlab ötiş uçun 5 mingdan ortiq kompaniyadan foydalangan – “Reuters”

Olam

−

image

Eron Ğarb sanksiyalari va AQŞning dengiz blokadasini aylanib ötiş maqsadida 5 mingdan ortiq vositaçi taşkilotdan iborat tarmoqni tuzgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Qayd etilişiça, Tehron mazkur tarmoq orqali raketa va dronlar uçun zarur ehtiyot qismlar, portlovçi moddalar hamda harbiy texnikalarni xarid qilgan.

Vositaçi taşkilotlar Eron Mudofaa vazirligiga qaraşli bölib, ularning barçasi Tehrondagi bitta manzilda röyxatdan ötkazilgan. Taşkilotlar nomlari MOD harflari va 5–6 xonali raqamlardan iborat. Suriştiruvda aniqlanişiça, ularning birortasi ham Ğarb sanksiyalari röyxatiga kiritilmagan.

Eron xaridlarni mazkur tarmoq orqali xalqaro bank tizimini çetlab ötgan holda moliyalaştirgan. Bitimlarning 97 foizida çegaralararo pul ötkazmalaridan foydalanilmagan.

Vositaçi kompaniyalar tölovlarni Eron nefti savdosidan tuşgan va xorijiy hisoblarda saqlanayotgan mablağlar hisobiga amalga oşirgan. Bu orqali bank nazorati organlari e’tiborini jalb qilmaslikka erişilgan. 2024 yil oxiriga kelib, bunday kompaniyalarning valyuta hisoblarida taxminan 1,2 milliard dollar bölgan.

Rossiya, Xitoy va Yevropadan yetkazilgan harbiy uskunalar

Vositaçi kompaniyalar tarmoğidagi eng yirik taşkilotlardan biri MOD 346428 hisoblanadi. U 2025 yil yanvaridan 2026 yil iyunigaça 2,3 milliard dollarlik harbiy va ikki maqsadda foydalaniş mumkin bölgan tovarlarni import qilgan.

Xarid qilingan mahsulotlar orasida raketa yonilğisi komponentlari, detonatorlar, samolyot dvigatellari ehtiyot qismlari, titan va elektronika bölgan. Ular Xitoy, Rossiya hamda Germaniyadan Kaspiy dengizi, Markaziy Osiyo yönalişlari va yuk samolyotlari orqali Eronga yetkazilgan.

Import qilingan mahsulotlar qatorida mobil raketa otiş qurilmalari sifatida işlatilişi mumkin bölgan yuk maşinalari ham bor. Bir yarim yil davomida Eron Italiyaning 435 ta Iveco yuk maşinasi, şuningdek, minglab Toyota Hilux va Land Cruiser avtomobillarini olib kirgan. Iveco vakillari uşbu maşinalar dastlab Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun möljallanganini bildirgan.

Suriştiruvda 2025 yil aprel oyida Eronning Bandar Abbos portida sodir bölgan va 70 dan ortiq kişining hayotiga zomin bölgan portlaş ham mazkur import bilan boğliq bölişi mumkinligi aytilgan. Hodisadan bir neça oy oldin MOD 346428 portga Xitoydan 886 tonna kimyoviy modda, jumladan, raketa yonilğisi tarkibiy qismlarini yetkazib bergan.

Şuningdek, import qilingan texnikalarni qabul qilganlar orasida Rossiyaga dronlar yetkazib bergani uçun AQŞ sanksiyalariga kiritilgan Sahara Thunder kompaniyasi ham borligi aniqlangan.

Eslatib ötamiz, AQŞning Eron bilan uruşiga ketgan xarajatlari 2026 yil 16 oktyabr holatiga köra, kamida 47,1 milliard dollarni taşkil etganligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing