O‘zbekistonda bank kartalaridan 57 mlrd so‘m o‘g‘irlangani rostmi?
Jamiyat
−
14 noyabr 2023 12642 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda xakerlar guruhi O‘zbekiston banklariga hujum qilgani va HUMO kartalaridan 57 milliard so‘m o‘g‘irlagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan mazkur to‘lov tizimining matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
“Milliy banklararo protsessing markazi shuni ma’lum qiladiki, ushbu ma’lumotlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. HUMO to‘lov tizimi barcha xavfsizlik talablariga javob beradi va tizimga bevosita hech qanday kiberhujum sodir bo‘lmagan”, deyiladi munosabatda.
Shuningdek, to‘lov tizimi mas’ullari yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib, ijtimoiy tarmoq faollaridan tekshirilmagan va feyk ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘ragan.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust