Istanbuldagi otishmada o‘zbekistonlik vafot etdi
3-sahifa
−
07 Sentabr 2023 8655 1 daqiqa
Turkiyaning Istanbul shahrida ro‘y bergan otishma oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Aytilishicha, voqea joriy yilning 2 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Istanbul shahrida ikki jinoiy guruh o‘rtasida qurolli otishma bo‘lgan. Bu vaqtda voqea joyiga yaqin yerda mehnat faoliyatini olib borayotgan 46 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi asli samarqandlik N.Z. ham og‘ir yaralangan va shifoxonaga olib ketilgan. Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan N.Z. vafot etgan.
Qayd etilishicha, mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlab, ularga nisbatan tergov harakatlarini boshlagan.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi mazkur holat yuzasidan tezkor ravishda fuqaroning jasadini Istanbul aeroportidan Samarqand viloyatiga yuborish uchun uning yaqinlariga amaliy yordam ko‘rsatishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida AQSHning Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik 15 yoshli o‘smir otib o‘ldirilgandi. Uning dafn marosimida shahar meri Erik Adams qatnashdi.
Live
Barchasi