Isroilda bo‘lib turgan Mirzabek Xolmedov va Xurshid Rasulovning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berildi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 7 oktyabr kuni o‘zbekistonlik aktyor va qiziqchi Mirzabek Xolmedov va taniqli xonanda Xurshid Rasulov ayni damda qurolli to‘qnashuvlar yuz berayotgan Isroil davlatida bo‘lib turgani haqida xabar berilgandi. Mirzabek Xolmedovning o‘g‘li Ulug‘bek Xolmedov o‘zining Instagram sahifasida otasi rostdan ham Isroilda ekanini aytib, uning sog‘lig‘i yaxshiligini bildirdi.

Ulug‘bek Xolmedovga ko‘ra, aktyor hozirda terakt yuz berayotgan hududdan 100-150 km uzoqlikdagi boshqa tinch shaharda bo‘lib turibdi. Uning qayd etishicha, hozirda Mirzabek Xolmedovni qaytarish harakatlari olib borilmoqda.

“Gap shundaki, dadam 5 oktyabr kuni tongda Xurshid Rasulov bilan konsert safarlari sababli Isroilga ketgan. Bu ishlardan so‘ng ko‘p konsertlar bekor bo‘ldi. Duoda bo‘lib turibmiz”, deydi Ulug‘bek Xolmedov.

Avval tarqalgan videolarda Xolmedov hamda Rasulov hamrohlikda Al-Aqso va Saharo masjidlarini ziyorat qilayotganini, shuningdek, ayni damda Isroil hududidagi ko‘zga ko‘ringan manzillarda bo‘lib turganini ko‘rish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi. Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Mirzabek Xolmedov Xurshid Rasulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made