AQSH Rossiya uranidan ham voz kechadimi?

Olam

image

Amerika rahbariyati Rossiya Federatsiyasidan energiya importini taqiqlash va Rossiya energetika sektoriga yangi sarmoya kiritish doirasida Rossiya uraniga qarshi sanksiyalar kiritmaydi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Amerika atom elektr stansiyalarining ishlashi uchun zarur bo‘lgan uranning yarmiga yaqini AQSHga Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistondan keladi.

Avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiyadan energiya resurslari importini va Rossiya energetika sohasiga yangi sarmoya kiritishni taqiqlovchi farmonni imzolagan edi. Shunga qaramay, bugun, 9 mart kuni AQSH Kongressi shuningdek, Rossiya neftining Amerikaga importini taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ovozga qo‘yishi kutilmoqda.

Ovoz berish dastlab seshanba kuniga belgilangan edi. Bundan tashqari, tashabbus AQSH ma’muriyati rahbariga Rossiya va Belarus mahsulotlariga savdo bojlarini oshirish vakolatini beradi. Qonun loyihasiga ko‘ra, savdo muzokaralarida AQSH vakili Rossiyaning Jahon savdo tashkilotidagi ishtirokini muzlatish va Belarusning unga kirishini to‘xtatib qo‘yishga erishishga harakat qilishi kerak.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing