Yonayotgan Wildberries: Ukraina yana logistika markazini nishonga oldi (video)

Olam

image

Bugun, 26 avgust tongida Rossiyaning Tambov viloyatidagi Kotovsk shahrida Wildberries logistika markazi Ukraina dronlari hujumi oqibatida yonib ketdi. Bu haqda Tambov viloyati gubernatori Yevgeniy Pervishov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avval yong‘in maydoni 40 ming kvadrat metr ekani xabar qilingan, keyinroq bu ko‘rsatkich 100 ming kvadrat metrdan oshgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida markazning bir xodimi jarohatlangan, u portlash to‘lqini ta’sirida miya chayqalishi olgan.

Pervishovning ta’kidlashicha, hujum haqida signal olingach, barcha xodimlar tezkorlik bilan evakuatsiya qilingan. Shuningdek, tun davomida Kotovsk shahri yaqinida 16 ta dron urib tushirilgani aytilgan.

Wildberries matbuot xizmati ob’ektda yangi tovarlarni qabul qilish amalga oshirilmaganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bu Kotovskdagi Wildberries logistika markaziga so‘nggi vaqtlardagi ikkinchi hujum hisoblanadi. 18 iyul kuni markazga qilingan hujumda 7 nafar xodim halok bo‘lgan, yana 23 kishi shifoxonaga yotqizilgan edi.

Rossiyaning turli hududlaridagi Wildberries logistika markazlari avval ham dronlar hujumiga uchragan. 24 avgustga o‘tar kechasi esa Ozon’ning Maxachqala, Krasnodar va Adigeyskdagi uchta logistika markazi ham dronlar hujumiga uchragandi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing