Karimov haftaligi, Usmonovni madh etgan San Jay, Senat yalpi majlisi va boshqa xabarlar

Jamiyat

image

Yakuniga yetayotgan 23 avgust turli muhim voqealarga boy bo‘ldi. Quyida bugunning eng muhim yangiliklariga to‘xtalib o‘tamiz.

Senatning yigirma birinchi yalpi majlisi

23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Majlisda senatorlar “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi, Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydlanish to‘g‘risida”gi qonunlar ma’qullandi.

Eng ko‘p ishlatiladigan parollar ma’lum bo‘ldi

DeviceLock kompaniyasi tahlilchilari eng ko‘p ishlatiladigan parollarni aniqladi. Eng mashhur o‘ntalikda: 123456, 123456789, qwerty, password, 12345, qwerty 123, 1q2w3e, 12345678, 111111, 1234567890.

Eng mashhur kirill imlosidagi parollar: men, parol, kverti, salom, sevaman, natasha, maksim, andrey, oftobim.

Tojikiston arab alifbosiga o‘tadimi?

Kirill alifbosi tojik xalqining barcha ijtimoiy, madaniy, ilmiy va ta’lim ehtiyojlariga javob beradi, dedi Tojikiston Ta’lim va fan vaziri Nuriddin Said. "Tojikiston hech qachon kirill alifbosidan arab alifbosiga o‘tishni rejalashtirmagan. Biz bunga ehtiyoj sezmayapmiz", dedi u.

To‘rtko‘ldagi avtohalokat ikki ayolning umriga zomin bo‘ldi

Shu yilning 21 avgust soat 03:30larda Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi 24 yoshli F.K. o‘zining boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasini Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tuman hududidan o‘tuvchi “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau” yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan 40 yoshli A.B. boshqaruvidagi “Nexia”rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston hududiga ayrim uskunalarni olib kirish taqiqlanadi

“Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori imzolandi. 

Viloyat hokimi maktablardagi qing‘irliklar haqida gapirdi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov shu yilning 22 avgust kuni viloyat Xalq ta’limi xodimlarining an’anaviy avgust anjumani yalpi yig‘ilishida maktablarda yolg‘onchilik va ko‘zbo‘yamachilik juda avj olganini, maktab direktorlari davlat tashkilotlaridan maktab uchun ajratilgan byudjet pullarini talab qila olmasligini aytib o‘tdi.

Tanzila Norboyeva tarixiy voqelikni gapirdi

O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bugun, 23 avgust kuni o‘z ishini boshlagan Senatning yigirma birinchi yalpi yig‘ilishida yillar davomida go‘yoki erishib bo‘lmasdek tuyulgan xorijiy valyutaning erkin konvertatsiyasi amalda to‘liq joriy etilgani iqtisodiy taraqqiyotga keng yo‘l ochgani haqida to‘xtalar ekan, mamlakatda aksariyat ijobiy ko‘rsatkichlar ko‘proq agrar sohadagi ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lib kelganini aytdi.

Aziz Abduhakimov Senatga hisob berdi

Bugun, 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida Vazirlar Mahkamasining "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" Davlt dasturining 2019 yil ikkinchi choragidagi ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi. Hisobotni Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘qib eshittirdi.

Asqar Akayev bo‘yicha Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi bayonot berdi

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi agar mamlakatning sobiq Prezidenti Asqar Akayev vataniga qaytsa, u so‘roq qiladi. Hozirda Rossiya poytaxtida yashayotgan sobiq Prezident va uning oilasiga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar doirasida Akayevning rafiqasi Mayram Akayeva boshchiligidagi "Meerim" xayriya jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra 30 dan ortiq jinoiy ishlar qo‘zg‘atilib, ularga 64 million so‘m zarar yetkazilgan.

IIV tizimida 6 yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi. Tayinlovlar Qarshi, Guliston, Xiva, Xazorasp, Urganch tumanlari va Toshkent viloyatiga aloqadar.

O‘zbekistonda Islom Karimov xotira haftaligi o‘tkaziladi, “Oqsaroy”da ish qizg‘in

Ayni vaqtda poytaxtda joylashgan Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida ish qizg‘in. Toshkent  shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan majmuada ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Panjara va yoritgichlar bo‘yalib, atrof gullarga burkanmoqda. 

Joriy yilning 26 avgust kuni majmuada O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotira haftaligi start oladi. Shu kuni Markaziy Osiyoda Tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda Islom Karimovning tarixiy o‘rni mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi. Anjuman 29 avgustga qadar davom etadi. 

Yuridik universitet rektori lavozimdan ozod etildi

Bugun, 23 avgust kuni Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov lavozimidan ozod etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu xabarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Matbuot xizmati tasdiqladi. 

O‘zbekistonlik xonanda Alisher Usmonovga atab qo‘shiq kuyladi

Musiqaning rep janrida ijod qiluvchi o‘zbekistonlik 41 yashar xonanda San Jay (Sanjar Javberdiyev) taniqli milliarder Alisher Usmonovga atab qo‘shiq kuyladi. Xonanda ushbu qo‘shiqdan parchani Instagram’dagi sahifasiga joylashtirib, qo‘shiq Usmonovning tavallud kuni munosabati bilan yozilganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made