Olmazorni aylangan Prezident, qonunchilikdan chiqarilgan “militsiya” jarimasi oshirilgan “tonirovka” va kunning boshqa voqelari

Jamiyat

image

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar Olmazor tumanini aylandi

Prezident Olmazor tumanida Talabalar shaharchasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish, kadrlar tayyorlash va уларni moddiy, ijtimoiy қўллаб-quvvatlash masalalari haqida so‘z bordi.

Shavkat Mirziyoyev Olmazorni aylanish davomida “Damashi” kanali bo‘yida barpo qilingan “Soy bo‘yi” sayilgohini ham ko‘zdan kechirdi. Bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Men nima deymanu, qo‘bizim nima deydi?

Yunusobod tumanidagi mahallani obod qilgan tadbirkor dardiga shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev quloq tutadimi yo poytaxt rahbarligidan tumanga tushirib qo‘yilgan Rahmonbek Usmonov?

Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan yangi qaror qabul qilinadi

Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan yana bir ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

Toshkent shahrida joylashgan yirik firma – “EDEL VEYS-ALI” MCHJ fondidagi yuz foiz ulushi auksionda sotilishi e’lon qilinganiga ko‘p bo‘lmay Rustam Madumarovga tegishli bo‘lgan yana bir kompaniya Rubicon Wireless Communication MCHJ (Perfectum) sotuvga qo‘yildi.

Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga kelgan yangi elchilar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSH va Koreya Respublikasining O‘zbekistonga elchi qilib yuborilgan vakillari Daniyel Rozenblum va Kan Chje Kvon qabul qildi. Elchilar tashqi ishlar vaziriga yorliqlarning nusxasini topshirdi.

Qonunchilikdagi o‘zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonunga muvofiq, ruxsatnomasiz “tonirovka” uchun jarima 25 baravar oshirildi, “stop-liniya”ni kesib o‘tganlik uchun jarima pasaytirildi.

Shuningdek, qonunchilik hujjatlaridan “militsiya” atamasi butunlay chiqarib tashlandi hamda militsiya xoimdalari to‘g‘risidagi 29 yillik qonun bekor qilindi.

Prezident “O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonunga muvofiq, sud majlislarini qoldirish tartibida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Sergelida buzilayotgan yog‘ochli uylar to‘g‘risida izoh berildi

Olam

Tereza Mey Buyuk Britaniya Bosh vazirligidan iste’fo berishini e’lon qildi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey partiyadoshlari – Konservatorlar partiyasi a’zolari talabiga binoan iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bunga Brexit sabali yuzaga kelgan chorasizlik sabab bo‘ldi.

Wikileaks: Assanjga qo‘yilgan ayblovlar AQSHда so‘z erkinligining intihosi

AQSHning Sud hokimiyati Wikileaks asoschisi Жулиан Assanjga nisbatan 17 ta band bo‘yicha qo‘shimcha ayblovlar e’lon qildi. Ushbu ayblovlar va avval mavjud bo‘lgan jinoiy ishlar ortidan Assanj 175 yilga qamalishi mumkin.

Video: Hindistonning Surat shahridagi dahshatli yong‘in sodir bo‘ldi 

Sport

Yengilmas o‘zbek bokschisining raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Professional boksda o‘zining ўн yettinchi jangini o‘tkazishga tayyorlanayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev 9 iyun куni Moskva shahrida ringga ko‘tariladi.

Rossiya poytaxtida tashkil etiladigan jangda Shohjahonga puerto-rikolik Danielito Zorrilla raqiblik qiladi.

Turkiyaning O‘zbekistonga qarshi tarkibi ma’lum bo‘ldi

Bahodir Jalolovga ikki xonali uy topshirildi

Surxondaryo viloyati hokimligi binosida boks bo‘yicha O‘zbekiston терма jamoasi a’zosi, xalqaro toifadagi sport ustasi, Jahon kubogi sohibi, jahon hamda Osiyo chempionatlari sovrindori, ko‘plab xalqaro musobaqalar g‘olibi Bahodir Jalolovga Termiz shahridan barcha sharoitlarga ega 2 xonali uyning kaliti tantanali tarzda topshirildi.

Salomatlik

Koreys tuzining – foydali va zararli tomonlari

Ko‘pchilik pazanda bekalar turli salat va gazaklar xushta’m bo‘lishi uchun koreys tuzidan foydalanishadi. Koreys tuzi taomga o‘zgacha maza kiritishi rost. Ammo bizga biroz notanish bu mahsulot, uning tarkibi va xususiyatlari haqida nimalarni bilamiz

Tishlar g‘ijirlashining sababi nima?

Tishlarni g‘ijirlatish – tibbiyot tilida – bruksizm deb ataladi. Bu organizm o‘zi idrok etmagan xolda jag‘larni yumish va tishlarni g‘ijirlatish odatidir. Odatda bruksizm inson uxlayotganda yoki muxim bir narsaga diqqatini жалб qilgan paytida kuzatiladi.

Caqich — yuzga ajin tushiradimi?

Ovqatlangandan so‘ng, bekorchilikda chaynaladigan saqichlar, bizga yoqimli va foydalidek ko‘rinadi. Ammo, bu biz o‘ylaganchalik to‘g‘ri fikr emas. Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan saqichlar tarkibida kauchuk moddasi mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing