Hukumatga qarshi chiqmoqchi bo‘lganlar qattiq jazolanadi – Japarov
Olam
−
16 yanvar
6326Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakatda hukumatni ag‘darishga uringanlarning niyatlari amalga oshmasligini aytdi. Bu haqda u “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Prezidentning aytishicha, hukumatni ag‘darish bo‘yicha “nopok reja”ni ishlab chiqqan guruhda g‘aznadan pul o‘g‘irlaganlar va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlar ham bo‘lgan.
“Ularning ortida boshqa guruhlar ham bor. Lekin xalq ularga ergashmaydi. G‘arazli niyatdagilar faqat xalq orasiga yashirinib, bezorilik va fitna bilan shug‘ullanadi. Biz ularning maqsadi amalga oshishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, deydi Japarov.
Shuningdek, u mamlakatda uyushtiriladigan namoyishlar chog‘ida ham provokatsiyalar xavfi borligini qo‘shimcha qilgan.
“Men “Dordoy” bozorida namoyishchilar bilan uchrashganimda ham bu masalani ko‘targanman. U yerda bo‘lganlar, ular orasida hukumatni ag‘darmoqchi bo‘lganlar yo‘qligini aytdi. Biroq ular o‘zlarining ichida vaziyatdan foydalanmoqchi bo‘lganlar ham yashiringanini bilmagan. Namoyishni qo‘zg‘atuvchilar ko‘chada norozilik uyg‘otishga harakat qilishgan. Ular hatto ba’zi namoyishchilarni to‘pponcha yoki portlovchi moddalar yordamida otib o‘ldirgan. Ular g‘alayon qo‘zg‘atmoqchi bo‘lgan”, degan Japarov.
Davlat rahbari hukumatga qarshi chiqmoqchi bo‘lganlar qattiq jazolanishidan ogohlantirdi.
Eslatib o‘tamiz, 11 yanvar kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi “KG Group” qurilish kompaniyasi direktori Imomidin Toshovni davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda ayblagandi. U qidiruvda bo‘lgan Tilekmat Kurenov (AQSHda bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarosi) va boshqa shaxslar bilan birgalikda uyali aloqa vositalaridan foydalanib, ommaviy mitinglar o‘tkazish, ijtimoiy muammolarni ko‘tarish va hokimiyatni egallashni rejalashtirgani aytilgandi. Ularning safdoshlari esa qo‘lga olindi.
LiveBarchasi