Zo‘ravon sartarosh 10 sutkaga qamaldi
3-sahifa
−
19 aprel
11307Toshkent tumanida mijozining sochini zo‘ravonlik bilan kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i matbuot kotibi Bobur To‘laganov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sartaroshning harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, ko‘pchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng, sartarosh va holatni tasvirga olgan uning tengdoshi IIBga chaqirilib, profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
“Aniqlanishicha, mazkur voqea 2022 yilning oktyabr oyida sodir bo‘lib, bugungi kunga qadar ichki ishlar organlariga murojaat yoki shikoyat arizasi kelib tushmagan.Hozirda sartaroshlik bilan shug‘ullanuvchi 34 yoshli shaxs va voqeani videotasvirga olgan uning tengdoshi tuman IIBga olib kelinib, profilaktik suhbat o‘tkazildi hamda tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi”, degan Bobur To‘laganov.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tumani sudining qarori bilan sartaroshga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Jarayonni videotasvirga olgan fuqaro esa jarimaga tortilgan.
LiveBarchasi