“Zudlik bilan Yaqin Sharqni tark eting!” Shia qurolli guruhlari AQSHni ogohlantirdi
Olam
−
21 Oktabr 2023
40459Iroqdagi shia qurolli guruhlari AQSHni Iroq va Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlardan qo‘shinlarini olib chiqib ketishga chaqirdi. Bu haqda AP agentligi xabar berdi.
Talabga ko‘ra, AQSH qo‘shinlari mintaqadagi davlatlarni “zudlik bilan tark etishi kerak”. Aks holda ularning bazalariga hujum boshlanadi.
"Bu ular uchun faqat ogohlantirish va hali amaliyotga o‘tmadik", deya bayonot bergan Iroqning muxolifatdagi shia qurolli kuchlari.
Iroqning shia qurolli guruhlari agar Isroil G‘azo sektorida quruqlikdagi harbiy operatsiyalarini boshlasa, “Iordaniya bilan chegarani diqqat bilan kuzatish” zarurligini maslahat bergan. Ammo buning sababini ochiqlamagan.
Eslatib o‘tamiz, Amerikaning Iroq g‘arbidagi “Ayn al-Asad” harbiy bazasi GRADA raketasi bilan nishonga olingan va javobgarlikni Iroq islomiy qarshilik harakati o‘z zimmasiga olgan edi.
Shuningdek, 19 oktyabr kuni Damashqdan 250 km uzoqlikda joylashgan AQSH va G‘arb koalitsiyasining bazasiga ham hujum qilingan. Bu yerda ham uchuvchisiz qurilmalardan foydalanilgan. Bazada ikkita raketa portlagan. AQSH Markaziy qo‘mondonliga ko‘ra, bir necha amerikalik askar yengil jarohat olgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15