Zoyir Mirzayevning birinchi o‘rinbosari lavozimidan “uchdi”

Jamiyat

image
Zoyir Mirzayevning tayinlanganiga bir hafta ham bo‘lmagan o‘rinbosari “qovun tushirdi” north_east

Zoyir Mirzayevning tayinlanganiga bir hafta ham bo‘lmagan o‘rinbosari “qovun tushirdi”

Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xolmirza Niyozov lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda viloyat hokimining tegishli qarori imzolandi.

Qayd etish joizki, Xolmirza Niyozov 2022 yilning fevralidan beri shu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi. Bungacha u Farg‘ona  viloyatining  Oltiariq  tumani hokimi vazifasida ishlagan.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli qarori bilan Niyozovning o‘rniga Botir Olimbekov Bahodirovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. U bunga qadar Chinoz tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Tomdi tumanining oldingi hokimi Qayrat Aldabergenov ishdan olingandi. 27 yanvar kuni Orzumurod Umarov Fayzullayevich ushbu tumanning hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev Toshkent viloyati Xolmirza Niyozov Botir Olimbekov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing