Zoyir Mirzayevning tayinlanganiga bir hafta ham bo‘lmagan o‘rinbosari “qovun tushirdi”

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimining tayinlanganiga hali bir hafta ham bo‘lmagan birinchi o‘rinbosari Xolmirza Niyozov tonggi soat 07:00 ga yig‘ilish chaqirgani aytilgan xabar tarqaldi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati bugun, 12 fevral kuni soat 07:00 da haqiqatan ham majlis o‘tkazilganini tasdiqladi.

Bugun ertalab ushbu vaziyatga aniqlik kiritish uchun Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Qudratullo Odinayev Toshkent viloyati hokimligiga borgan. 

Inspeksiya xodimlari soat 07:10 atrofida hokimiyat binosiga kirib borganda, majlis o‘tkazilayotganini aniqlagan. Biroq, yig‘ilganlar vazirlik vakillarini ko‘rishi bilan majlisdan chiqib ketgan. 

Xabarga ko‘ra, mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud.

“Hurmatli yurtdoshlar, mehnat munosabatlariga oid murojaatlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, vazirlikning 71-200-06-00 ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz  saytiga murojaat qiling. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etish kerak, bu xodimlarning ish vaqtidan boshqa soatlarda majlis o‘tkazilayotgani bilan bog‘liq birinchi holat emas. Avvalroq, joriy yilning 6 fevral – haftaning yakshanba kuni bo‘lishiga qaramasdan Buxoro viloyatining Buxoro, Vobkent va G‘ijduvon tumanlarida viloyat hokimi Botir Zaripov rahbarligida yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2394

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing