Toshkent viloyati hokimiga birinchi “zam” tayinlandi
Jamiyat
−
07 fevral 2022
14459Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga Xolmirza O‘zganovich Niyozov tayinlandi.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bugun,7 fevral kuni Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Xolmirza Niyozov tayinlovini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Xolmirza Niyozov shu vaqtga qadar Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Yig‘ilishda shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Farhod Omonov Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – viloyat hokimining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangani va shu munosabat bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etilgani e’lon qilindi.
LiveBarchasi