Zoyir Mirzayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

Jamiyat

image

Bugun, 22 fevral kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Dolli Hakimovich Allayev viloyat hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

U shu paytgacha Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri, shuningdek Xorazm, Farg‘ona, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev Qashqadaryo

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing