Şahrisabzda avtomobil daraxtga urilib, haydovçi halok böldi
3-sahifa
−
11:31 590 1 daqiqa
Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanida VAZ-2105 rusumli avtomobil daraxtga urilişi oqibatida 20 yoşli haydovçi vafot etdi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, yöl-transport hodisasi keça, 26 oktyabr kuni soat 23:30 larda tumanning “Katta novqat” MFY hududidan ötgan mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yölida sodir bölgan. 2006 yilda tuğilgan M.X. VAZ-2105 rusumli avtomobilni boşqarayotib, rul boşqaruvini yöqotgan va yöl çetidagi daraxtga urilgan.
Hodisa oqibatida haydovçi olgan tan jarohatlari sabab şifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Şahrisabz tumani IIB tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Furqat tumanida haydovçilik haydovçilik guvohnomasi bölmagan ösmir katta tezlikda yöl-transport hodisasiga uçraşi oqibatida halok bölgan edi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr