Zoom'da bizni boshqalar kuzatishi mumkin – Indoneziya Mudofaa vazirligi

Olam

image

Indoneziya Mudofaa vazirligi rasmiy ravishda Zoom onlayn konferensiya platformasidan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda bugun, 24 aprel kuni vitse-admiral idorasi bosh kotibi Agus Setiji ma’lum qildi.

“Vazirlikning barcha tuzilmalari va bo‘linmalari ushbu xizmat orqali konferensiyalarni to‘xtatishi kerak. Zoom orqali uchrashuvlar paytida uchinchi tomon muzokaralar mazmunini kuzatishishi mumkin“, deydi Agus Setiji.

“The Washington Post” nashrining xabar berishicha, xizmat orqali amalga oshirilgan bir necha ming video qo‘ng‘iroqlar internetga sizib chiqqan. Ular orasida turli kompaniyalarning ishchi konferensiyalari, boshlang‘ich maktablardagi sinflar, shuningdek xizmatdan foydalanuvchilarning shaxsiy suhbatlari bo‘lgan.

“Asosiy tuzilmalarga Internet-konferensiyalarni o‘tkazish uchun alternativ xizmatlarni topish va taqdim etish vazifasi yuklangan“, deydi bosh kotib Setiji.

Ma’lumot uchun, “Zoom Video Communications“ bosh ofisi Kaliforniyaning San-Xose shahrida joylashgan. Kompaniya 2011 yilda xitoylik biznesmen Erik Yuan tomonidan tashkil etilgan. 2020 yil mart oyida xizmatning kunlik auditoriyasi 200 million kishiga yetdi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya Zoom

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing