Zlatan Ibragimovich faoliyatidagi 500-golini urdi 

Sport

image

"Milan"ning shved hujumchisi Zlatan Ibragimovich klublardagi faoliyati davomida 500 va 501-gollarini urdi. 

U Italiya A seriyasida "Krotone"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi. 

O‘yin Milan klubining 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Ushbu uchrashuvda Ibragimovich urgan ikkita goldan tashqari serbiyalik Ante Rebich yana ikkita gol urdi. 

Italiya chempionatining joriy mavsumida "Milan" 21 ta uchrashuvda 49 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda bormoqda. 

39 yoshli Ibragimovichning hisobida 11 ta uchrashuvda urilgan 14 ta gol bor. 

Faoliyati davomida Zlatan Shvetsiyaning "Malmo" klubida 18 ta gol, Niderlandiyaning "Ayaks" klubida 48 ta gol, Italiyaning "Yuventus"ida 26 ta va "Inter"ida 66 ta gol, Ispaniyaning "Barselona" klubida 22 ta gol, Fransiyaning "Pari Sen-Jermen"ida 156 ta, Angliyaning "Manchester Yunayted"ida 29 ta va Amerikaning "Los-Anjeles Gelaksi" klubida 53 ta gol urgan. Shuningdek, u Shvetsiya terma jamoasi safida ham 47 bor gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ibragimovich

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing