Zlatan Mbappe va Xolandni taqqosladi

Sport

image

“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich PSJ hujumchisi Kilian Mbappe va Dortmundning “Borussiya” klubi futbolchisi Erling Xolandni bir-biriga qiyosladi.

“Menga to‘p bilan nozik harakat qiladigan futbolchilar yoqadi – iloji boricha mukammalroq. Agar siz futbolchi bo‘lsangiz, o‘yinchilarning qanday fikrlashi va harakatini ko‘rishingiz mumkin. Men voqea sodir bo‘lishidan oldin uni o‘qiy oladigan futbolchilarni qadrlayman. Menimcha, Mbappe o‘z harakatlari orqali Ronalduga o‘xshaydi va to‘p bilan juda nozik harakat qiladi. Xoland gollarga berilib ketgan va bu uning asosiy vazifasi. O‘z imkoniyati doirasidagi ishlarni bajara olaman, deb o‘ylaydigan futbolchilar ham bor. Bu aqlbovar qilmas natija. Erling shunchaki gol urishni xohlaydi”, deydi Ibragimovich.

Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” har ikki futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun harakat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Zlatan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida gapirgan va Leoni ustun ko‘rishini ma’lum qilgan edi.
 
 


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu Mbappe Ibragimovich

Baholaganlar

37

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing