Ronaldino va Ibragimovich asrning top-100 sportchisi safiga kirdi
Sport
−
17 iyul
3596Sobiq futbolchilar braziliyalik Ronaldino va shvetsiyalik Zlatan Ibragimovich XXI asrning eng yaxshi 100 nafar sportchisi ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Ronaldino faoliyati davomida PSJ, “Barselona” va “Milan” klublarida o‘ynagan. Umumiy hisobda futbolchi faoliyatini yakunlagan 2018 yilga kelib 549 ta o‘yin o‘tkazib, 198 ta gol urgan va 168 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ronaldino “Oltin to‘p” sohibi, shuningdek, Jahon chempionati, Amerika kubogi, Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya va Italiya chempionatlari g‘olibi hisoblanadi.
Ibragimovich 2023 yilning yozida faoliyatini yakunladi. Bu vaqtga kelib u 827 o‘yin o‘tkazib, 496 gol urgan va 202 golga assistentlik qilgan. 42 yoshli futbolchi beshta Italiya chempionligi, to‘rtta Fransiya chempionligi va bir marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan. Yevropa sahnasida esa Zlatan Yevropa Ligasi va UEFA Superkubogini yuta olgan.
LiveBarchasi