Ronaldino 10-raqam ostida katta futbolga qaytdi

Sport

image

Braziliyalik futbol afsonasi  Ronaldino Italiyaning “Ravenna” klubining yangi futbolchisi sifatida tanishtirildi. Bu haqda “Ansa” xabar berdi.

Taqdimot marosimi Ravenna shahrida bo‘lib o‘tdi. Ronaldino sahnaga o‘z ismi va 10-raqami yozilgan klub libosida chiqdi.

“Do‘stlarim bilan bu yerda ekanimdan juda xursandman. Bizda yaxshi natijaga erisha oladigan jamoa bor. Men o‘ynaymanmi yoki yo‘qmi – buni faqat murabbiy hal qiladi. Italiya bilan qayta birlashish ajoyib. Men jamoadoshlarimga g‘alaba qozonishda yordam berish uchun shu yerdaman. Ko‘rib turganingizdek, yaxshi jismoniy holatdaman, o‘zimni yaxshi his qilyapman. Agar faoliyatimdagi 300-golimni ursam, bu yanada go‘zal bo‘lar edi”, – deydi Ronaldino.

Ma’lumot uchun, Iyun oyida Ronaldino “Ravenna” bilan shartnoma imzolagan edi. Mart oyida 46 yoshga to‘lgan sobiq braziliyalik futbolchi klub investori ham hisoblanadi. Tomonlar kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmagan.

Ronaldino 2015 yilda Braziliyaning “Fluminense” klubi bilan shartnomasini bekor qilib, futbolchilik faoliyatini yakunlagan. “Barselona” bilan u Ispaniya chempionatining ikki marta g‘olibi va Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan. Shuningdek, u “Pari Sen-Jermen”, “Milan”, “Flamengo”, “Atletiko Mineyro” va “Gremio” klublarida ham to‘p surgan.

Braziliya terma jamoasi bilan Ronaldino 2002 yilgi Jahon chempionati, 1999 yilgi Amerika Kubogi va 2008 yilgi Olimpiadada bronza medalini qo‘lga kiritgan.

2005 yilda u “France Football” jurnali tomonidan dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” mukofotiga sazovor bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing