Ibragimovich faoliyatini A Seriyaning autsayder klubida davom ettirishi mumkin

Sport

image

Italiyaning “Milan” klubi shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich “Monza”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira o‘z Twitter sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ibragimovichning o‘zi “Milan” bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirmoqchi, ammo “rossonerilar” rahbariyati hali shved futbolchisining jamoadagi kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Agar “Milan” Ibragimovich bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilsa, u holda “Monza” hujumchi bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi.

41 yoshli Ibragimovich og‘ir jarohatidan uzoq vaqtda forig‘ bo‘lgani bois bu mavsumda milanliklar safida atigi to‘rtta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi. Shvetsiyalik hujumchi 2020 yilning qishida Milan klubiga qaytdi va o‘tgan mavsumda “rossonerilar”ga Italiya chempionatida g‘alaba qozonishga yordam berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Ibragimovich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing