Italiya Olimpiada paytida Nipah virusi tarqalish xavfini baholadi

Sport

image

Mashhur italiyalik virusolog va Milandagi Galeatssi kasalxonasi bosh shifokori Fabritsio Prelyasko 2026 yilgi Olimpiya o‘yinlari paytida Nipah virusi tarqalish xavfini baholadi.

Shifokorning fikricha, virusning geografik o‘ziga xosligi tufayli uning tarqalish ehtimoli juda past.

“Hozirda Nipah virusining Italiyaga kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli bir nechta sabablarga ko‘ra juda past. Birinchidan, virus faqat Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning ayrim hududlarida, masalan, Bangladesh va Hindistonning ayrim qismlarida endemikdir. Yevropa va Italiyada esa ichki yuqish holatlari qayd etilmagan. Bundan tashqari, ushbu mintaqalardan kelgan sayyohlarning Olimpiadaga tashrif buyurishi ehtimoli ham juda kam”, deydi Prelyasko.

Shuningdek, u Nipah virusining o‘lim darajasi yuqori bo‘lsa-da, COVID-19 kabi tez tarqalish qobiliyatiga ega emasligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari joriy yilning 22 fevral kunigacha davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari Milan Nipah virusi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing