“Milan” YeCHLni yutsa, Ibragimovich medal bilan taqdirlanmaydi

Sport

image

Italiyaning “Milan” jamoasi 2007 yildan beri birinchi marta Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqdi va ushbu bosqichda hamshaharlari “Inter”ga qarshi bahs olib boradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda agarda “Milan” finalga chiqib, “Man Siti”  yoki “Real” ustidan g‘alaba qozonsa, Zlatan Ibragimovich musobaqa medalini ololmasligi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Futbolchi medal olmasligiga sabab shvetsiyalik hujumchi klubning Yevropa Chempionlar ligasi qaydnomasiga kiritilmagani bo‘lmoqda, chunki Ibragimovich mavsumning ko‘p qismini jarohat tufayli o‘tkazib yubordi, shuning uchun Stefano Pioli uni tarkibga qo‘shmadi. 

Shvetsiyalik futbolchi  jarohatidan qutilgan bo‘lsada, lekin “Inter”ga qarshi uchrashuvda maydonga tusholmaydi. Zlatan uchun bu juda alamli holat. Sababi XXI asrning eng buyuk futbolchilaridan biri faoliyati davomida biron marta Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lolmagan hamda jamoasi chempion bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lib turgan vaziyatda klubiga yordam berolmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL Milan Ibragimovich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing