PSJ yana YeCHL finaliga chiqdi

Sport

image

Kecha, 6 may kuni UEFA Chempionlar ligasi yarim final bosqichining javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi chempion PSJ “Bavariya” bilan durang o‘ynab, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra finalga yo‘l oldi.

Uchrashuv har ikki jamoaning tezkor va xavfli hujumlari ostida kechdi. 3-daqiqada Usmon Dembele hisobni ochgan bo‘lsa, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 90+4-daqiqada Harri Keyn muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 6:5 hisobida g‘alaba qozongan parijliklar ketma-ket ikkinchi mavsum Chempionlar ligasi finaliga chiqdi. Luis Enrike shogirdlari hal qiluvchi bahsda Londonning “Arsenal” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, 2025/26 yilgi UEFA Chempionlar ligasi final uchrashuvi joriy yilning 30 may kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing