Ziroat Mirziyoyeva Birinchi xonimlar bilan birga Xitoy milliy muzeyiga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 18 oktyabr kuni Xitoy poytaxti Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi doirasida sammitga kelgan delegatsiyalar rahbarlarining rafiqalari ishtirokidagi tadbirlar ham bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasi Raisining rafiqasi Pen Liyuan va boshqa delegatsiyalar rahbarlarining rafiqalari bilan birgalikda Xitoy san’at va hunarmandchilik milliy muzeyiga borgan.

Ziroat Mirziyoyeva Birinchi xonimlar bilan birga muzeydagi eksponatlarni ko‘zdan kechirgan. Ularga Xitoy hunarmandchiligi tarixi, buyumlarda ifodalangan naqshlar va ramzlar haqida so‘zlab berilgan.

Shundan so‘ng xonimlar Xitoy xalq operasi namunalaridan iborat konsert dasturini tomosha qilgan. 

“Konsertda tabiat go‘zalligi, tinchlik va ezgulik, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik tuyg‘ulari nafis kuy va raqslar uyg‘unligida ifodalandi. Birinchi xonimlar konsert ijrochilari bilan birga suratga tushdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Birinchi xonimlar tashrif buyurgan Xitoy san’at va hunarmandchilik milliy muzeyiga 1990 yilda asos solingan, 2021 yilda uning uchun yangi bino barpo etilgan. Muzey Xitoyning qadimiy va hozirgi amaliy hunarmandchiligining turli yo‘nalishlarini o‘zida ifoda etadi. Jumladan, bu yerda badiiy kulolchilik, kashtachilik, fil suyagi, nefrit, yog‘och va tosh o‘ymakorligi, tilla, kumush va misdan yasalgan zargarlik buyumlari, rasmli vazalar va xalq buyumlarining boy kolleksiyasi mavjud.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va mamlakat birinchi xonimi Pen Liyuan tomonidan tantanali kutib olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xitoy Ziroat Mirziyoeva Pen Liyuan'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing