Zilziladan keyin 45 dan ortiq davlat Turkiyaga yordam taklif qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Vayronkor zilziladan keyin 45 davlat Turkiyaga yordam taklif qildi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

Prezidentga ko‘ra, NATO va Yevropa Ittifoqi ham yordam taklif qilgan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 5000 dan ortiq bino vayron bo‘lgan.

“Afsuski, qurbonlar va jarohatlanganlar soni kundan-kunga ortib bormoqda”, deydi Erdo‘g‘an murojaatida.

Turkiya Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi zilzila mamlakatdagi 1939 yildan beri sodir bo‘lgan eng yirik tabiiy ofatga aylandi.

Mahalliy xavflarni boshqarish agentliklari hisob-kitoblariga ko‘ra, Turkiyadagi zilziladan ko‘rilgan zarar 15 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Turkiyaga qutqaruvchilar, kinologlar, psixologlar, shifokorlar va insonparvarlik yordamlarini jo‘natmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi g‘amxo‘r fuqaro faollari tomonidan ham insonparvarlik yordamini yig‘ish boshlangan.

Tojikiston Turkiyaga ham, Suriyaga ham ta’ziya telegrammalari jo‘natgan, biroq Dushanbedan jabrlangan mamlakatlarga yordam boradimi-yo‘qmi hali noma’lum.

Turkmaniston ham turk xalqi va Turkiya rahbariga hamdardlik bildirgan, Ashxoboddan qutqaruvchilar va gumanitar yordam jo‘natilgani ham noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida va Suriyaning bir qancha viloyatida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Keyinroq Turkiyada yana 7,6 magnitudali zilzila yuz berdi.

Hozirgi vaqtga qadar mamlakatda qurbonlar 3 419 kishini tashkil etmoqda. Yaralanganlar esa 20 426 nafarga yetgan. Qo‘shni Suriyada esa halok bo‘lganlar soni 1444 nafarni tashkil etib, 3530 kishi yaralangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing