Zilzila qurbonlari 38 mingdan oshdi
Olam
−
17 fevral 2023
4583Turkiyadagi vayronkor zilzilalar qurbonlari soni 38 mingdan oshdi. Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) xabar berdi.
“Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Qahramonmarash, G‘oziantep, Shonliurfa, Diyorbakir, Adana, Adiyaman, Usmoniya, Hatay, Kilis, Malatya va Elazig‘da jami 38 044 kishi [zilzilalar oqibatida] halok bo‘lgan. Birinchi zilziladan keyin mintaqada 4,7 mingdan ortiq takroriy silkinishlar sodir bo‘lgan”, deydi boshqarma.
Ayni vaqttda zilzila oqibatida jarohatlanganlar 108 ming 68 kishini tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi.
Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga hilpiratildi.
Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.
LiveBarchasi