Zidan hali-beri terma postiga kela olmasligi mumkin

Sport

image

Fransiya futbol federatsiyasi Prezidenti Noel Le Gre “uch ranglilar" bosh murabbiyi Dide Desham bilan shartnoma uzaytirilishi haqida fikr bildirdi.

“Desham bilan shartnomani nega 2030 yilgacha uzaytirmasligimiz kerak. Biz allaqachon Yevro-2024 haqida o‘ylashni boshladik. O‘ylaymanki, bu masalani tezda hal qilamiz. Agar u qolishni istamasa, uning qaroriga hurmat bilan qarash kerak. Ammo barcha muzokaralar yil oxirigacha yakunlanadi”, deydi Le Gre.

OAV anchadan buyon terma murabbiyligiga JCH-2022dan so‘ng Zinedin Zidan kelishi haqida yozayotgandi, biroq Fransiya futbol federatsiyasining Deshamga bildirayotgan ishonchi Zidanni hali ancha sabr qilishi kerakligiga ishora qilmoqda.

Avvalroq, Noel Le Gre Desham bilan shartnomani Yevro-2024ga qadar uzaytirish rejalashtirilayotgani haqida aytgandi, Grening so‘nggi bayonotidan so‘ng termaning amaldagi murabbiyi bilan shartnoma keyingi mundialga qadar uzaytirilishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Fransiya Zidan

Baholaganlar

64

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing