Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Zidandan uzr so‘radi
Sport
−
09 yanvar 2023
5929Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre fransiyalik sobiq futbolchi Zinedin Zidandan uzr so‘radi. Bu haqda “L'Equipe” nashri xabar berdi.
"Bu gaplar noto‘g‘ri tushunildi va ko‘plab noqulaylik yuzaga keltirdi. Gaplarim uchun uzr so‘rayman va ular mening Zidan haqidagi fikrim hamda munosabatimni umuman aks ettirmasligini ma’lum qilaman", deydi Le Gre.
Avvalroq, Le Gre o‘z intervyusida Zidanning murabbiylik kelajagi uni qiziqtirmasligini va hattoki mutaxassis bilan telefonda gaplashmasligini aytgandi. Keyinroq holatga PSJ a’zosi Killian Mbappe ham aralashib, Le Grening bildirgan fikrlari uchun tanqid qildi.
LiveBarchasi