Jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan mashhur futbolchi qamaldi
Sport
−
13 noyabr
10225Fransiyalik taniqli futbolchi Vissam Ben-Yedder jinsiy tajovuzda ayblanib, shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.
“Monako”ning sobiq hujumchisi mast holda mashinada jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda. Nitssada bo‘lib o‘tgan sudda prokuror 34 yoshli futbolchini 2 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilishni, jumladan 18 oylik sinov muddatini ham talab qildi.
Sud Ben Yedderni barcha moddalar bo‘yicha aybdor deb topdi va futbolchini ikki yillik shartli qamoq jazosiga hukm qildi. Sobiq forvard, shuningdek, jabrlanuvchiga ma’naviy zarar uchun 5000 yevro tovon puli va 1500 yevrolik sud xarajatlarini qoplaydi. Politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmagani uchun Ben Yedder 6 oyga mashina haydash huquqidan mahrum qilindi.
Qayd etish joiz, 2023 yil avgust oyida Ben Yedder “jinsiy zo‘ravonlik”da ayblangan edi. Keyin u darhol 900 ming yevro garov evaziga ozod qilindi. Bundan tashqari, 27 dekabr kuni futbolchi sobiq rafiqasiga tahdid va psixologik zo‘ravonlik aybi bilan sudlangan.
LiveBarchasi