Mashhur darvozabon terma jamodagi faoliyatini yakunladi
Sport
−
10 yanvar 2023
34842018 yilgi Jahon chempioni va futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasidagi o‘yinlari soniga rekord o‘rnatgan darvozabon Ugo Loris terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar berdi.
“Shunday vaqt keladiki, siz o‘z o‘rningizni boshqaga topshirishingiz kerak. O‘ylaymanki, jamoa kuchayishda davom etadi. Birinchi raqamli bo‘lishga tayyor darvozabon ham bor”, deydi Loris.
Ma’lumot o‘rnida, Loris 36 yoshda, 2012 yildan beri u Angliyaning “Tottenxem” klubida o‘ynamoqda. Bunga qadar darvozabon Fransiyaning “Lion” va “Nitssa” jamoalarida to‘p surgan. “Lion” bilan 2012 yilda Fransiya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Loris Fransiya terma jamoasi safida 145 ta o‘yin o‘tkazdi, Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi Jahon chempionatida terma jamoadagi o‘yinlari soni bo‘yicha sobiq rekordchi Lilian Tyuramni (142) ortda qoldirdi. Loris 2018 yilgi Jahon chempioni, 2022 yilgi mundial kumush medal sohibi, 2016 yilgi Yevropa chempionati finalchisi va 2020/21 yilgi Millatlar ligasi g‘olibi hisoblanadi.
LiveBarchasi