Jo‘rayevlar ishi bo‘yicha DNK ekspertizasi tayinlandi
Madaniyat-san’at
−
15 may
73714Avvalroq, taniqli xonanda Botir Qodirov va O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning o‘g‘illari Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlar orasida otalikni belgilash bo‘yicha sud jarayoni davom etayotgani xabar qilingandi. Mazkur ish bo‘yicha sud tomonidan DNK ekspertizasi tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
2 may kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida da’vogar Botir Qodirovning vakili DNK ekspertizasi o‘tkazish haqida iltimosnoma bilan murojaat qilgan. Iltimosnoma bo‘yicha javobgar vakillari e’tiroz bildirgan.
8 may kuni Botir Qodirov va Shohjahon Jo‘rayevning ko‘rsatmasi eshitilgan va Shohjahon Jo‘rayev DNK ekspertizasi o‘tkazilishiga qarshi emasligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, da’vo arizasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining 2023 yil 29 sentyabrdagi mutaxassis fikri ilova qilingani, unda Halimjon Nurmatov bilan Botir Sheraliyevich Qodirovning amaki-jiyan ekanligi bo‘yicha fikr berilgani xabar qilingandi. QALAMPIR.UZ ushbu mavzuga oydinlik kiritish maqsadida Sherali Jo‘rayevning ukasi Halimjon Nurmatov bilan bog‘langanda esa u Botir Qodirov bilan amaki-jiyan ekanini aniqlash uchun DNK tekshiruvi o‘tkazilganini rad etdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr