Botir Qodirov yana jarimaga tortildi

3-sahifa

image

“Abdussamiy” taxallusi bilan tanilgan shoir Shohrux Abduvohidov xonanda Botir Qodirov ustidan tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan she’rlarini qo‘shiq qilgani uchun shikoyat qildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, shoir Shohrux Abduvohidovga tegishli “Qizg‘onaman”, “So‘nggi nafasgacha”, “Sog‘indim yomon” hamda “Dildora” nomli she’rlari xonanda Botir Qodirov tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan foydalanilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹ moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.

Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹ moddasining 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 8 (sakkiz) baravari miqdorida – 3 000 000 (uch million) so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shoir Shamsiddin To‘rayev xonanda Botir Qodirov ustidan tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan she’rlarini qo‘shiq qilgani uchun Adliya vazirligiga shikoyat qilgan edi.  Qodirovga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 ¹ -moddasining 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida – 1 mln 875 ming so‘m jarima jazosi  tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima Botir Qodirov Shohrux Abduvohidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing