Jo‘rayevlar ishi apellyatsiya instansiyasida ko‘rildi
Madaniyat-san’at
−
18 noyabr 2024 18782 1 daqiqa
11 sentyabr kuni Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida xonanda Botir Qodirovning da’vosi bo‘yicha sud ishi ko‘rib chiqilgan va qaror o‘qib eshittirilgandi. Sud qaroriga ko‘ra, Botir Qodirov Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topilgan.
Sud qarori ustidan Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlar apellyatsiya shikoyati kiritgan va bugun, 18 noyabr kuni bu ish apellyatsiya instansiyada ko‘rib chiqilgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Bildirilishicha, apellyatsiya instansiyaning qaroriga ko‘ra, birinchi instansiya hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Ma’lumot uchun, birinchi instansiya qarori bilan da’vogar Botir Sheraliyevich Qodirovni javobgarlar Shohjahon Sherali o‘g‘li Jo‘rayev va Zohirshoh Sherali o‘g‘li Jo‘rayevga nisbatan otalik tartibini belgilash haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilgan, marhum 2023 yil 4 sentyabrda vafot etgan Sherali Jo‘rayev 1981 yil 5 mayda tug‘ilgan Botir Sheraliyevich Qodirovga nisbatan otalik fakti belgilangan. Shuningdek, 1981 yil 5 mayda tug‘ilgan Botir Sheraliyevich Qodirovni Andijon shahar FHDYO bo‘limida 1983 yil 11 martda 12-son bilan qayd etilgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining ota ustunida – Sherali Jo‘rayev, 12.04.1945 yilda Andijon viloyati, Asaka shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek deb ko‘rsatilishi belgilangan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr