Jo‘rayevlar sudining muhokamasi Sudyalar oliy kengashining ensasini qotirdi

Madaniyat-san’at

image

Xabaringiz bor, 11 sentyabr kuni Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida xonanda Botir Qodirovning otalik tartibini belgilash haqidagi da’vosi bo‘yicha sud ishi ko‘rib chiqildi va qaror o‘qib eshittirilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur sud ishining muhokamasi  sud qarori o‘qib eshittirilgandan keyin ham davom etmoqda. Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati shu vaziyatga munosabat bildirdi.

“Ijtimoiy  tarmoqdagi muhokamalar sud qarori qabul qilinganidan keyin ham davom etib, ensani  qotiradigan darajaga yetdiki, bu haqda ikki og‘iz gap aytishning o‘zi ortiqcha, aslida. Biroq suddan keyin taraflar va ularga xayrixohlar o‘rtasidagi “virtual musohabalarda” ishni  birinchi bosqich sudida ko‘rib chiqqan sudya sha’niga noma’qul va asossiz ta’nalar aytish holatlari ham uchramoqda”, deyiladi munosabatda.

Gap bloger Jasur Hamroyevning ijtimoiy tarmoq orqali chiqishida da’vogar  “qo‘li uzun ekani”, go‘yoki “...uning uzun qo‘llari sudyagacha yetib borgani”ni ochiq iddao qilgani haqida ketmoqda. 

“Bundan tashqari, sudya tomonidan marhum san’atkor vafoti sanasini noto‘g‘ri aytilgani-yu, sud qarorini o‘qish paytidagi biroz hayajonini “bu ne ko‘rgilik?!” deb, vaziyatni bo‘rttirishga uringani ko‘rinadi. Eng yomoni, uning iddaolari ish bo‘yicha javobgar tarafning ijtimoiy tarmoqdagi sahifa va kanallarida tarqatilayotgani natijasida sudyaning xolisligi borasida turli shubhalar ehtimolini paydo qilmoqda”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Shu o‘rinda, Sudyalar oliy kengashi, kimningdir go‘yoki “uzun qo‘llari sudyagacha yetib borgan”iga oid ta’na va iddaolarga huquqiy baho berishga ehtiyoj mavjud, deb hisoblashini hamda bu borada vakolati doirasida lozim choralar ko‘rilishini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

sud Sud'yalar oliy kengashi Botir Qodirov Jasur Hamroev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing